O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosat tamoyillari, qulay sarmoyaviy muhiti, tabiiy resurslarning ko‘pligi, «imtiyozli paketlar» va boshqa afzalliklari tufayli fransuz sarmoyasi uchun maqbul manzilga aylanishi mumkin, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Parijda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda.
Kamida 1 mln dollar investitsiya kiritgan xorijliklarga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston fuqaroligini olishga ruxsat berilishi mumkin. Bunday imkoniyat nafaqat investorlar, balki taniqli olimlar, sportchilar, madaniyat va san’at arboblariga ham tadbiq etiladi.
O‘zbekiston ITSV hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi umumiy qiymati qariyb 4 mlrd dollarlik 20 dan ortiq loyiha ustida ishlamoqda. Rossiya O‘zbekistonning avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarining o‘z bozoriga kirishidan manfaatdor ekanligi bildirildi.
Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nozimjon Xolmurodov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Mart oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumini o‘tkazish uchun 15 mlrd so‘m sarflangan. Tadbirlar va ovqatlanishni tashkil etish uchun Sky Events`ga 7,2 mlrd so‘m, Mercedes va Malibu avtomobillari ijarasi uchun Lyuks Taxi`ga 2 mlrd so‘m, Akfa Dream World`ga ovqatlanish uchun 2,5 mlrd so‘m xarajat qilingan.
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda investitsiya, transport va logistika bo‘yicha qo‘shma qo‘mitalarni tashkil etishga kelishilgan. O‘zbekiston-Eron hamkorligini har tomonlama chuqurlashtirishga qaratilgan kelishuvlarni qamragan qo‘shma «Yo‘l xaritasi» qisqa muddatda ishlab chiqilishi va imzolanishi kutilmoqda.
Hindiston Eksimbanki tomonidan O‘zbekistonda infratuzilmaviy rivojlanish va ta’lim sohalarida loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar miqdorida mablag‘lar ajratilishi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning kengaytirilgan GSP tizimi benefitsiari maqomini oldi. Shuningdek, ushbu tizim O‘zbekistonga umumiy qiymati 437 mlrd funt sterlingdan (taxminan 585,5 mlrd dollar) ortiq iste’mol va chakana savdo bozoriga kirish imkoniyatini yaratadi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov Turkmanistonda Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning kirishini soddalashtirish va savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, O‘zbekiston — Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan Baxtiyor Rahimov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting